Sanjar Quvvatov o'z tug'ilgan kunida "Paxtakor" bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2020, 14:10
Bugun tavallud kunini nishonlayotgan darvozabon Sanjar Quvvatov bilan shartnoma uzaytirildi.

2019 yil boshidan buyon "Paxtakor" sharafini himoya qilib kelayotgan mahoratli posbon klubimiz bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Unga ko'ra, endilikda Quvvatov 2022 yil yakunigacha jamoa safida o'ynashda davom etadi. Ushbu davrda u "Paxtakor" bilan yangi sovrinlarni muntazam qo'lga kiritishga yordam beradi deb umid qilamiz", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz