

1990 yilda tug'ilgan darvozabon Qarshining "Nasaf" klubi bilan shartnoma tuzdi. Quvvatov 2009 yildan buyon "Mashal" safida oliy ligada o'ynab kelmoqda. 6 yil davomida u O'zbekiston chempionatida 91ta o'yinda maydonga tushib 120ta gol o'tkazib yubordi. 24ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.




