

20 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLning ikki o'yinida zaxiradan maydonga tushdi.
"Leroy "Bornmut"ga qarshi bahsga tayyor edi, ammo men boshqa futbolchilarni maydonga tushirishga qaror qildim. Mavsum boshida u jarohatlangan edi, ammo hozir o'zini ancha yaxshi his qilmoqda. U bir yoki ikki hafta biz bilan shug'ullandi.
U nimaga qodirligini bilaman. Leroyga o'yin vaqti kerak va Sanega bu imkon beriladi" - deydi Gvardiola.
"Suonsi Siti" - "Manchester Siti" bahsi 24 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.



