Sane APLga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 okt 2024
"Bavariya" futbolchisi Leroy Sanega "Nyukasl" tomonidan qiziqishlar bor.

Jurnalist Kristian Falkning ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" mavsum yakunlaridagi natijalariga qarab futbolchisini sotish variantlarini ko'rib chiqadi.

APLda ishtirok etishi sababli "Nyukasl" futbolchi uchun asosiy davogar bo'la oladi. "Bavariya"da ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan futbolchini YCHLda qatnashayotgan ko'plab jamoalar ham ko'zlab yuribdi.

Agarda "Nyukasl" futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'lsa, reja qilganidan ham ko'proq pul to'lashi kerak bo'ladi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Lekin barchasi transfer bozorida futbolchi uchun bo'ladigan so'rovlarga bog'liq bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: CaughtOffside