Sandro Rosel: "Messidan zo'ri yo'q!"

"Barselona" prezidenti Sandro Rosal Neymarning jamoaga kelishi Messi va uning o'rtasida janjal chiqishiga sabab bo'lmaydi, deb hisoblaydi.

"Messidan kuchliroq hech kim yo'q. U klub tarixidagi eng istedodli futbolchi. Shaxsan o'zim uchun esa, u futbol tarixidagi eng buyuk futbolchidir".

Agar ramziy tarzda ifodalaydigan bo'lsak, Messi - tovuqxonadagi yagona xo'roz! O'ylaymanki, Neymar va Leo orasida hech qanday tushinmovchilik kelib chiqmaydi. Ularning har ikkisi ajoyib futbolchilar bo'lish bilan bir qatorda, katta yurakka ega bo'lgan yaxshi inson hamdirlar. Ular jamoani oldigi kabi yutuqlar tomon olib borish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi", - dedi Rosel.

Manba: sports.ru