"Sanderlend"ni "Real" sobiq murabbiyi boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 may 2017
"Midlsbro" sobiq bosh murabbiyi, "Real"da Joze Mourinyo murabbiylar shtabida ishlagan Aitor Karanka "Sanderlend"da Devid Moyes o'rnini egallashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, yaqin vaqt ichida Moyes klub egasi Ellis Short bilan uchrashib, jamoadagi kelajagi borasida suhbatlashadi. Short oldinroq joriy mavsumdagi xatolar murabbiyniki emas, balki rahbariyatnikiligini aytgan edi.

"Sanderlend" joriy mavsum APLni tark etgan ilk jamoaga aylandi. APL turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es