“Sanderlend” “Manchester Siti”dan Roduellni sotib oldi

Aziz Tukhtamuradov
6 avg 2014
“Sanderlend” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Jek Roduellni o'z safiga qo'shib oldi.
23 yoshli xavbek bugun yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va “qora mushuklar” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, “Sanderlend” ushbu transfer uchun 10 million funt sterling to'lagan. Roduell “Manchester Siti”ga 2012 yili “Everton” klubidan ko'chib o'tgandi. Ikki yil ichida u “shaharliklar” tarkibida barcha musobaqlarda jami 25 ta o'yinda maydonga tushgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com