"Sanderlend" himoyachisi Jilobodji 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2017, 17:43
Angliya futbol assoaciaciyasi "Sanderlend" himoyachisi Papi Jilibodjini "Vest Bromvich"ga qarshi bahsdagi qo'pol o'yini uchun diskvalifikaciya qildi.

23-tur bahsining oxirida senegallik raqib yarim himoyachisi Darren Fletcherning yuziga qo'li bilan zarba berdi, ammo vaziyat bosh hakam Kreyg Pouson e'tiborisiz qoldi. Videomateriallarni o'rganib chiqqan Angliya futbol assotsiatsiyasi Papiga ayblov e'lon qildi.

Jilobodji aybni tan olmasligiga qaramay, videomateriallar aksini isbotladi. FA qaroriga ko'ra, himoyachi 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com