Sancho qishda Italiyaga ko'chib o'tadi

Nozimov Nig'monxo'ja
25 okt 2023
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan munosabatlari buzilgan Jeydon Sancho faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettirishi mumkin.

Sancho qishda Italiyaning “Yuventus” klubiga ijaraga berilish ehtimoli yuqori. Jamoalar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. Sanchoning o'zi ham Turinda o'ynashga rozi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, sentyabr boshida Sancho va MYU ustozi o'rtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Vinger "Arsenal"ga qarshi APLning 4-tur o'yinini (1:3) o'tkazib yuborgandi. Bahsdan so'ng Erik ten Xag futbolchi mashg'ulotlarda yaxshi taassurot qoldirmaganini aytgan.

Sancho bunga javob tariqasida ijtimoiy tarmoqda quyidagi gaplarni yozdi: "Uzoq vaqt hamma narsaga aybdor bo'ldim - bu adolatsizlik. Mashg'ulotlarda jonimni berib ishlayman, o'qiyotganlaringizga ishonmang. Boshqa sabablar bo'lgani aniq". Keyinroq post o'chirib tashlandi. 14 sentyabr kuni futbolchi asosiy jamoa mashg'ulotlaridan chetlatildi.

Sancho MYUga "Borussiya D"dan2021 yil 73 mln funt sterling evaziga ko'chib o'tgandi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com