Sancho MYUda tibbiy ko'rikdan o'tdi, klub transfer haqida e'lon qilishga yaqin

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2021, 19:53
Futbolchi uchun 73 million funt to'lanadi.

Fabricio Romanoning takidlashicha, Angliya terma jamoasi yulduzi klublarning o'zaro kelishuvidan bir necha hafta o'tib shartnoma tuzgan.

"Borussiya" sobiq a'zosi bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi, endi "Manchester Yunayted" Sanchoni yangi liboslarda rasman tanishtirishni rejalashtirmoqda. Shundan so'ng 21 yoshli vinger tatilga yo'l oladi.

Sancho "Borussiya" uchun Germaniya chempionatida 103 o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urgan. U jamoa bilan Germaniya Kubogi va Superkubogini yutgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun