Sanches katta ehtimol bilan “Shaxtyor” bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
12 avg 2020, 21:45
“Inter” hujumchisi o'ng oyogidagi tizza paylarini cho'zib olgan.

Klub matbuot xizmatining xabar qilishicha, u jarohatini “Bayer”ga qarshi o'yinda orttirib olgan.

Sanchesning holati bo'yicha yaqin orada yana ma'lumot beriladi, ammo hujumchi keyingi hafta dushanba kuni bo'lib o'tadigan Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi “Shaxtyor”ga qarshi bahsgacha tiklana olamasligining ehtimoli juda yuqori.

Chmlilik forvard ushbu musobaqaning joriy mavsumida 4 o'yinda ishtirok etgan. A Seriyada esa u 22 bahsda 4+9 natijaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24