Sanches Braziliyaga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
11 iyul 2022, 00:28
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches "Flamengo"ga o'tishi mumkin.

Avvalroq Sanches yozda Milan klubini tark etmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Aleksis o'tgan mavsum "neradzurrilar" safida barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport