Sanches "Arsenal"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2015, 18:14
Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Sanches "Arsenal" bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.

Ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli futbolchi jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanmoqchi. Ayni damda uning haftalik maoshi 180 ming evro, Ozil va Teo Uolkott esa haftasiga 195 ming funt maosh oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Arsenal" rahbariyati chililik bilan yangi shartnoma imzolashga qarshi emas. Sanchesning klub bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal