Sanat Shixov: “Ikkinchi davrada sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz”

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2016, 16:09
“Buxoro” jamoasi futbolchisi Sanat Shixov ikkinchi davraga tayyorgarlik to'g'risida fikr bildirdi.

-  Ikkinchi davraga tayyorgarlikni barchadan keyin boshladik, vaqtimiz biroz kam bo'ldi. Jisnomiy holatimizga ko'proq e'tibor qaratildi. O'rtoqlik uchrashuvlardagi hisob natijasi qoniqarsiz bo'lsa ham bor o'yinimizni shakllantirishga bor e'tiborimizni  qaratyapmiz. Birinchi davraning o'zida oson o'yin bo'lmadi. Ikkinchi davrada ham oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Chempionatimizning saviyasi oshgan. Uyda bo'sin safarda bo'sin barcha o'yinlarda qiylanyapmiz. Ikkinchi davrada ham kerakli ochkolarni olib kerakli bo'lgan natijalarga erishamiz deb o'ylayman. Ikkinchi davrada sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz. Xar qancha ko'p gapirish mumkin, lekin barchasi maydonda xal qilinadi”, - deydi “Buxoro” futbolchisi Sanat Shixov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia