"San-Paulu" Diego Kosta uchun kurashga qo'shildi

Alisher
24 fev 2021, 10:55
"Atletiko" va "Chelsi" sobiq forvardi Diego Kosta "San-Paulu" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

O'yinchiga shunigndek "Palmeyras" ham qiziqish bildirmoqda. Braziliya klubi unga yiliga 6 million evro maosh bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan bitim taklif qilgan.

Futbolchi esa 2 million ko'proq ishlamoqchi edi. Shu bilan birga u Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi taklifini rad etdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Atletiko"dan ketganidan so'ng erkin agent bo'lgan Diego Kosta APLning top-6 klublaridan tushgan taklifni rad etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports