Samvel Babayan: "Kerak bo'lsa, kuniga 24 soat ishlashimiz zarur"

Sherzod Nurmatov
17 mar 2022, 21:40
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'ylaymanki, "Navbahor"ning o'yini stadionga kelgan muxlislarga manzur keldi. Shu kungacha 3 ta rasmiy o'yin o'tkazgan bo'lsak, bugungina imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, yaxshiroq to'p tepdik. Oldinda ishlar ko'p. Futbolchilarga rahmat aytaman. Natijadan mamnunman. Har bir o'yinda ilk daqiqalardan oxirigi soniyalargacha ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilamiz", – deydi Samvel Babayan.

- Keyingi turda "Navbahor" "Paxtakor"ga qarshi safarda o'yin o'tkazadi. Darhaqiqat, raqib – jiddiy jamoa. "Navbahor" uchshbu o'yinda ham g'alaba qozonishni uddasidan chiqa oladimi?

- Bugungi kunda bizga keyingi raqib kim bo'lishining ahamiyati yo'q. Principimizga ko'ra, har bir keyingi o'yin biz uchun muhim hisoblanadi. 

- "Paxtakor" va terma jamoadagi faoliyatingizdan ma'lumki, turli xorijlik murabbiylarning falsafalaridan foydalangansiz. Bir haftadan so'ng Namanganga Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi keladi. Katanets bilan fikr almashish imkoniyatidan foydalanishni rejalashtiryapsizmi?

- Mening fikrimcha, o'zimizning murabbiylarni rivojlantirishimiz kerak. Jismoniy, taktik tomondan. Chunki murabbiylarimizning salohiyati baland. Hozirda 40 ga yaqin murabbiylarda Pro-licenziyasi bor. Xorijlik murabbiylar nimadir berishi kerak. 

Shu o'rinda, qo'qonlik futbolchilarni ham maqtash joiz. Ular doim chaqilmas yong'oq bo'lib kelgan. Bugun ham maksimal harakat qilishdi. Stadionga kelgan ishqibozlarning ko'zida quvonch ko'rdik. Shuning uchun ham, kerak bo'lsa, kuniga 24 soat, ertalabdan tonggacha ishlashimiz zarur.



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia