

Shu tariqa, O'zbekiston Samvel Babayan qo'l ostida 16ta o'yin o'tkazib 14ta g'alaba va 2ta mag'lubiyat qayd etdi.
Babayan g'alabalar soni bo'yicha Rustam Akramov (18 o'yin, 13 g'alaba), Rauf Inileev (27 o'yin, 13 g'alaba) va Ravshan Haydarov (25 o'yin, 13 g'alaba) kabi murabbiylarni ortda qoldirdi.
O'zbekiston terma jamoasi bilan birga eng ko'p g'alabaga erishgan murabbiy Mirjalol Qosimov hisoblanadi. U 55ta o'yinda terma jamoa bilan 23 marta g'alaba qozongan.



