

O'zbekistonlik murabbiy Samvel Babayan boshchiligidagi "Chanchun Yatay" klubi bugun Superliga ishtirokchisi "Xebey Chayna Forchun"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yinda quyi liga vakili 4:2 hisobida zafar quchdi.
Ma'lumot uchun, 2016-2018 yillarda "Xebey Chayna Forchun"da Manuel Pellegrini bosh murabbiy bo'lib ishlagan edi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
"Chanchun Yatay" - "Xebey Chayna Forchun" 4:2
Gollar: Sun Jie, Serjino, Yang Chaosheng, Zang Zijian - Ren Xang, Markao.








