"Sampdoriya" yangi bosh murabbiyni ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2021, 17:52
45 yoshli italiyalik mutaxassis Roberto D’Aversa "Sampdoriya"ni boshqaradi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar ikki mavsumlik shartnoma imzolagan. O'tgan mavsumda mutaxassis "Parma"ni boshqardi. Ammo uning qo'l ostida jamoa 23 o'yinda 1 g'alabaga erishdi va jamoa B Seriyaga tushib ketdi.

Bunga qadar "Sampdoriya"ni Klaudio Raneri boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/sampdoria/