“Sampdoriya” xo'jayini “Roma”ni sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2019
“Sampdoriya” prezidenti Massimo Ferrero “Roma” jamoasining egasiga aylanmoqchi.

Gap shundaki, Ferrero yoshligidan rimliklarga muxlislik qilib keladi va shu sababdan mazkur klubni bir kun kelib sotib olishdan umidvorligini bildirdi.

“Palotta (Roma prezidenti) qachon nafaqaga ketsa, o'sha kuni men klubni boshqarishga tayyor bo'laman. Faqat u “bo'rilar”ni menga o'xshagan munosib insonga qoldirib ketsa bo'ldi”, - deydi "Sampdoriya" rahbari.

Hozirda, italyan OAV orqali “Sampdoriya”ga amerikalik investorlar ko'z tikayotgani haqida aytilmoqda. Biroq, Massimo Ferrero bunga izoh berishni xohlamagan. 

Eslatib o'tamiz, Ferrero 2014-yilda sampdoriyaliklar boshqaruviga kelgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia