"Sampdoriya" FIFA o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
21 may 2016, 14:18
Yevropa futbol klublari eng yaxshi kiber futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishi modaga aylandi.

Bu safar "Sampdoriya" klubi olti FIFA bo'yicha Italiyaning 6 karra chempioni Matta Guarrachinoa ("Lonewolf92") bilan shartnoma imzoladi.

"Sampdoriya" bu sohada ilk qadamni tashlagan Italiyaning birinchi klubi hisoblanadi.


"Italiya klubini sharafini himoya qiluvchi birinchi kiberfutbolchi bo'laman. Bu barcha uchun yangi bozor. Kibersport yildan-yilga mashhurlashib boryapti. "Sampdoriya" bu sohaning kelajagini ko'ryapti va kibersportga pul tikishni boshlagan birinchi jamoalardan biri bo'lmoqchi" - deydi Matta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru