Sampaoli: "Chili hujumkor futboldan voz kechmaydi"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2015, 14:47
Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o'z jamoasining Boliviyaga qarshi o'yinidan (5:0) ko'ngli to'ldi.
"Ko'nglim to'ldi, chunki bu uchrashuvning boshidan oxirigacha biz ustunlik qildik. Jamoangda yuqori darajali himoyachilar bo'lsa, hammasi osonroq bo'ladi. Keyingi raqibni kutyapmiz. Biz o'yin uslubimizdan voz kechmaymiz, chunki hujumkor futbol faqat foyda olib kelyapti. O'ylashimcha, futbolchilar rohatlanishdi" - deydi Sampaoli.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com