Samolyotdagi tutun tufayli "Manchester Siti" hodimlari evakuaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2016, 18:14
"Manchester Siti" samolyotining uchuvchi kabinasida paydo bo'lgan tutun tufayli, klub hodimlari evakuaciya qilindi.

Bortda "shaharliklar" elchisi Maykl Sammerbi, klub homiylari va jurnalistlar bor edi.

Ko'plab yo'lovchilar o'z joyini egallab bo'lganidan so'ng, yong'inga qarshi signalizaciya ishlab ketdi. Voqea joyiga tezda bir nechta qutqaruv mashinasi yetib keldi. Evakuaciya paytida ekipaj a'zolaridan biri quyidagi so'zlarni aytdi: "Tezda samolyotni tark eting va o'z buyumlaringizni unuting". Hech kim jabrlangani yo'q.

"Manchester Siti" futbolchilariga to'xtaladigan bo'lsak, ular oldinroq Ruminiyaga uchib ketishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian