Samolyot bo'laklari ostidan tanani chiqarib olishdi

Aslanov Jasurbek
7 fev 2019, 11:40
Aviahalokatlarni o'rganish bo'limining ma'lum qilishicha, bortida "Kardiff Siti" hujumchisi Emiliano Sala va uchuvchi Devid Ibbotson bo'lgan samolyot ostidan tana chiqarib olingan.

Hozircha jasadning shaxsi aniqlangani yo'q.

Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports