Samir Nasri: Messi va Krishtianu Ronaldu boshqa galaktikadan

Narzulla Saydullayev
24 fev 2015, 09:02
Manchester Siti yarim himoyachisi Samir Nasri Barselona hujumchisi Lionel Messi va Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu qolgan futbolchilardan anchagina ustun ekanini ma'lum qildi.
O'ylashimcha, Messi va Krishtianu Ronaldu – boshqa galaktikadan. Ular faqat o'zaro raqobat qilishadi. Suares va Neymar esa Aguerodan ustun emas.

Xavi va Inesta so'nggi 6 yoki 7 yilda eng yaxshi yarim himoyachilar edi. Ularning o'yini menga yoqadi. Ko'proq Inestaning harakatlari maqul, sababi Xavi ko'proq to'p bilan muomala qiladi, Inesta esa turli fintlar amalga oshiradi, – deydi Nasri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru