Samir Bekrich va Ivan Miloshevich bilan on-layn konferenciya boshlandi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014
Ayni daqiqalarda “Bunyodkor”ning yangi legionerlari – Bekrich va Miloshevich “Bunyodkor” matbuot xizmatida mehmon bo'lishmoqda.
Bosniya va gertsegovinalik Samir Bekrich va serbiyalik Ivan Miloshevich 15:00dan to 17:00ga qadar muxlislar bilan on-layn konferenciyada ishtirok etadilar.

Ushbu futbolchilarga o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni yuboring va ularning o'zidan bevosita javob oling. On-layn konferenciya yakunida har bir futbolchi bittadan eng yaxshi savol egalarini aniqlaydi va ikkita baxtli muxlis “Bunyodkor”ning original libosi bilan taqdirlanadi.

On-layn konferenciyani kuzatib bormoqchi yoki savol yubormoqchi bo'lsangiz ushbu HAVOLAga o'tishingiz kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com