Sami Xedira: "Real"ni tark etish og'ir bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2015, 20:54
Real futbolchisi Sami Xedira boshqa jamoaga o'tish oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men "Real"ni sevaman. Klubni tark etish og'ir bo'ladi. Shartnomamning so'nggi kunigacha klub ravnaqi yo'lida qo'limdan kelgan ishni qilaman. Bunga hech kim shubha qilmaydi", - deydi Xedira.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi futbolchisining madridliklar bilan shartnomasi shu yil 30 iyun kuni o'z yakuniga etadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru