U o'zining “Die Welt” gazetasiga bergan interyusida Joze Mourinyo davriga baho berdi va Karlo Anchelottini maqtadi.
YANGI MAVSUM HAQIDA
- Yangidan boshlanyapti: yangi murabbiy, yangi g'oya, yangi o'yin falsafasi. Men Madridda o'ynayotganimdan g'ururlanaman, chunki bu yerda kim o'ynasa ham sovrinlar uchun kurashadi. Men Anchelotti boshchiligida oldinga intilishimga ishonchim komil.
KARLO ANCHELOTTI HAQIDA
- U qayerda ishlagan bo'lsa ham hamma joyda uning jamoasi yaxshi o'ynagan. Bizda tajribali murabbiy, ajoyib inson bor va u asosan diqqatini taktika va intizomga qaratadi. Anchelotti jamoaga futbol o'ynash imkonini beradi chunki u muxlislarga nima taklif qilishni biladi.
JOZE MOURINYO HAQIDA
- Bu yerda o'zimiz yutqazdik. Uni xurmatini joyiga qo'yishimiz kerak, biz u bilan yuqori darajalarga erishdik va u biz uchun ajoyib murabbiy bo'lib qolaveradi. Uch yil oldin u menga Bundesligadan Ispaniya ligasida o'ynashimga imkon berdi.
O'Z KELAJAGI HAQIDA
- Mening “Real” bilan shartnomam davom etmoqda va men hozir faqat Anchelotti bilan ishlash haqida o'ylayapman. Shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuv davom etmoqda lekin aniq biron narsa yo'q.
eurosport.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjima qildi