Samandar Mavlonqulov faoliyatini poytaxtda davom ettiradi

Khoja
25 dek 2025
"So'g'diyona" hujumchisi Samandar Mavlonqulov yangi mavsumni poytaxtda o'tkazadi.

21 yoshli faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettirishga yaqin. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Yosh hujumchisi "So'g'diyona"ning asosiy jamoasida 2023 yildan beri harakat qilib keladi. U jizzaxliklar safida 73 ta bahsda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 ta gol va 3 ta assist bor. Transfermarkt hujumchini 200 ming evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia