Saloh uchun asosiy da'vogar jamoa ma'lum

Khoja
6 okt 2024, 09:33
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh kelasi yozda katta ehtimol bilan Angliyani tark etadi.

Unga Saudiya Arabistoni va Yevropaning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda. The Sun nashrining ma'lum qilishicha, misrlik futbolchiga asosiy da'vogar Fransiyaning PSJ jamoasi bo'lib turibdi. Parijliklar Muhammadga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Saloh 2017 yildan beri "Liverpul" jamoasida harakat qilib kelmoqda. Uning inglizlar bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com