Saloh tekinga "Liverpul"dan ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 12:51
"Liverpul" rahbariyati hali hamon Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib olmagan.

Klubdagilar futbolchining xohishiga qarshi chiqmagan va 2023 yil yozida erkin agent sifatida Liverpuldan ketishiga yo'l qo'yib beradi. Klubdagilar Salohning professionalligiga, futbolchining kelasi yozda jamoadan ketishi yangi mavsumdagi o'yiniga ta’sir qilmasligiga ishonmoqda.

O'tgan mavsumda 29 yoshli futbolchi "Liverpul" tarkibida barcha turnirlarda 51 o'yinda qatnashib, 31 gol va 16 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal