Saloh o'zini Xoland bilan solishtirdi

Mirjalol Normatov
22 fev 2025
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning aytishiga ko'ra, Erling Xolandga gol urish osonroq.

- Sizni Xoland bilan solishtirishadi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Erlingni hurmat qilaman. So'nggi o'zaro o'yindan keyin biroz gaplashgandirmiz. U hujumchi, shu sababli uning hayoti osonroq.

Albatta, unga eng yaxshi tilaklarni tilayman. U hujumchi bo'lgani uchun golga doimo yaqin bo'ladi. Vinger bo'lib turib shuncha gol urish qiyinroq. Buni istalgan hujumchi aytishi mumkin. Mana, bizning o'rtamizdagi farq qanday. U hujumchi, men esa vingerman, - dedi Saloh.

Saloh va Xoland ayni damda to'purarlar jadvalida kurash olib borishmoqda. Muhammad 26 o'yinda 24, Xoland esa 25 o'yinda 19 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports