Saloh o'ziga tansoqchi yolladi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2021, 20:32
"Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisining maqsadi – ayrim muxlislardan himoyalanish.

Uch nafar muxlis Muhammad bilan suratga tushish niyatida Misrning JCH-2022 saralash doirasidagi Angolaga qarshi o'yinida (2:2) maydonga yugurib chiqdi. Ular uzoq vaqt davomida niyatlarini amalga oshirishga harakat qilishdi, biroq stadion xodimlari bunga jiddiy qarshilik qilishdi. Saloh tansoqchilarni yolladi va muammoni mustaqil hal qildi.

Gabonga qarshi uchrashuvda 27 yoshli futbolchi 2 ta baquvvat yigit nazorati ostida bo'ldi. Ular Muhammadni har yerda: kiyinish xonasida, chigilyozdi mashg'ulotda va hatto maydonning o'zida ham himoya qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo