Saloh "Liverpul"da Suaresning rekordini yangiladi

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2025
Muhammad Saloh rekordlarni yangilashda davom etadi.

"Liverpul" yetakchisi Muhammad Saloh APL bir mavsumida safar uchrashuvlarining o'zida 15 ta gol urishga erishgan "Liverpul" tarixidagi birinchi futbolchiga aylandi. U 29-turning ko'chirilgan o'yini 29-daqiqasida "Aston Villa" darvozasini ishg'ol etdi.

Misrlik bu borada jamoaning eks-forvardi Luis Suaresning (2013/14-yilgi mavsum, 14 ta gol) natijasini yaxshiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: readliverpoolfc.com