Saloh g'alati gaplar bilan internetdagi barcha akkauntlarini o'chirib tashladi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2019, 21:15
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh ijtimoiy tarmoqlardagi barcha akkauntlarini o'chirib tashladi.

Kecha misrlik futbolchi tvittyerda: "2019 rezolyuciya. Gaplashib olish vaqti keldi. Haqiqatdan ham", deb yozdi va shundan keyin o'z akkauntini o'chirib tashladi. Oradan bir qancha vaqt o'tib, u Feysbuk va Instagramdagi sahifalarini ham o'chirib yubordi.

Hozirda uning akkauntlari manzilini bossangiz, bu o'chirib yuborilganligi borasida yozuvlar chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia