Salkam bir yil deganda Remzi termaga qaytdi

Mirjalol Normatov
4 okt 2019, 00:13
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi Evro-2020 doirasida Slovakiya va Xorvatiya termalariga qarshi o'yin uchun Uels termasi yig'inlariga chaqirildi.

Qayd etish kerak, futbolchi 11 oy deganda termaga qaytdi. So'nggi bora u termada o'tgan yilning noyabr oyida maydonga tushgandi.

Aslida bunga sabab sifatida uning orttirib olayotgan jarohatlarini keltirish mumkin. Remzi terma tarkibida 58 o'yinda 14 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal