Salim Mustafoev milliy terma jamoa yig'iniga jalb etildi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2013, 10:25
O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 avgust kuni Toshkentdagi JAR stadionida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagani haqida ma'lumot bergan edik.
Rejaga ko'ra, terma jamoa a'zolari 14 avgustgacha Toshkentdagi JAR stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Ushbu yig'in davomida milliy terma jamoa o'rtoqlik-nazorat uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mazkur yig'inga jami 26 nafar futbolchini taklif etgan.

Ma'lumot o'rnida, Qosimov dastlab e'lon qilgan 26 nafar futbolchi ro'yxatidan joy olgan Toshkentning Paxtakor klubi himoyachisi Maksimilian Fomin jarohati sabab terma jamoa yig'inini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi, Fomin o'rniga Toshkentning Lokomotiv klubi himoyachisi Salim Mustafoevni yig'inga jalb etgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 hamda 10 sentyabr kunlari JCH-2014 saralashi pley-off bosqichida Iordaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 6 sentyabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'tkazilsa, javob uchrashuviga 10 sentyabr kuni Toshkent mezbonlik qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com