"Salernitana" A Seriyada ishtirok eta oladi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2021
"Salernitana" jamoasi navbatdagi mavsumni A Seriyada o'tkazishi aniq bo'ldi.

Federal uyushma klubning arizasini qanoatlantirdi. Eslatib o'tamiz, "Salernitana" jamoasining  A Seriyada o'ynashi xavf ostida edi. Klubning prezidenti Klaudio Lotito ayni damda "Lacio"ning prezidenti hisoblanadi. A Seriya qoidalariga ko'ra, bir prezident ikki klubda ishlashi mumkin emas.

"Salernitana" so'nggi marta A Seriyada 1998/99 yilgi mavsumda ishtirok etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Salernitana News