Salamat Qutiboev "Mashal"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2014
"Mashal" PFK ikkinchi bosqichga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Bugun jamoa tarkibida o'zgarish bo'ldi. Jamoamiz sharafini bir necha yildan buyon himoya qilib kelgan futbolchi Salamat Qutiboev jamoa bilan xayrlashdi. Himoyachi birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganligi bois o'zini boshqa klubda  sinab ko'rishni maqul ko'rdi. Ayni vaqtda himoyachi Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga yo'l olgan.

Klubimiz Qutiboevning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz