Salah "Liverpul" bilan APL chempioni bo'lmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
2 dek 2018
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Salah ushbu mavsumdagi maqsadi haqida gapirdi.

"Avvalgi mavsumda maqsadim nafaqat rekordlarni yangilash, balki klubim bilan sovrin yutish edi. "Liverpul" Chempionlar ligasidagi g'alabaga juda yaqin edi. Ammo, futbolda natija xar doim ham siz kutgandek bo'lavermaydi.

Ushbu mavsumdagi eng asosiy maqsadim klub bilan birga g'olib bo'lish. Bu jamoamiz uchun ham, futbolchilar uchun ham ajoyib natija bo'lardi. Bu shuningdek, muxlislarning, shahar aholisining orzusi.

APLda g'alaba qozonishimizni istayman. 12 may kuni "Enfild"da so'nggi o'yinimiz o'tkaziladi. O'sha kuni "Liverpul" chempionlikni rasmiylashtirishini xohlardim", - dedi misrlik futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports