Salah koronavirusga chalindi

Misr terma jamoasi yig'inida ishtirok etayotgan "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salahda koronavirus aniqlandi.

Futbolchida kasallik alomatlarsiz kechyapti. Misr milliy jamoasining boshqa a'zolarida infekciya aniqlangani yo'q.

Bunga qadar ham "Liverpul"ning bir qator a'zolari COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgan edi: Tiago Alkantara, Sado Mane, Nabi Keyta, Jerdan Shakiri, Kostas Cimikas.

Ma'lumot uchun, Yurgen Klopp jamoasi keyingi o'yinni 21 noyabr kuni Mersisaydda "Lester Siti"ga qarshi o'tkazadi.


Manba: sports.ru