Salah jiddiy jarohatdan qutilib qoldimi?!

Tolibjon Qosimov
5 apr 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL 1/4 final birinchi o'yini doirasida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)dan keyin jamoa yetakchisi Muhammad Salahning ahvoli haqida gapirdi.

"Mirror" nashrining ma'lum qilishicha, Klopp jurnalistlarga Salah bilan hammasi joyida ekanligini aytgan.

Misrlik forvard 52-daqiqada almashtirilgan edi, uning o'rniga Veynaldum tushdi.

"U o'yindan keyin manga hammasi joyida, hammasi yaxshi ekanligini aytdi. Umid qilaman, haqiqatda shunday. Aniq tashxisni kutamiz", - dedi Klopp.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk