Salah jarohatdan tiklanish muolajalarini Ispaniyada oladi

Aziz Tukhtamuradov
29 may 2018, 00:58
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah maxsus dastur asosida tiklanish mashg'ulotlarini boshladi.

Misrlik futbolchi “Real”ga qarshi kechgan uchrashuvda elkasidan jarohat olgan edi. Ertaga u muolajalarni davom ettirish uchun Ispaniyaga jo'nab ketadi. 

Misr futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xani Abu Rid hamda terma jamoa shifokori Salah bilan chorshanba kuni uchrashishadi. Keyinchalik hujumchi Qohirada bo'lib turgan terma jamoa lageriga borib qo'shiladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif