"Sal qolsa urishib ketardik" - Ronalduning libosi kimga nasib qilgani ma'lum

Sherzod Nurmatov
17 sen 2022, 14:44
"Sherif"ning 24 yoshli braziliyalik hujumchisi Joze Vitor Pernambuko Yevropa Ligasidagi o'yinidan so'ng "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolkasining faxrli egasiga aylandi.

Braziliyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, jamoadagilar libosni kim qo'lga kiritishi masalasida urishib ketishlariga sal qolgan.

"Yakuniy hushtak yangraganidan so'ng men unga yaqinlashib, uni o'yin bilan tabrikladim va "Krishtianu, sizning futbolkangizni olsam bo'ladimi?", deb so'radim. U: "Tinchlaning, uni kiyinish xonasida sizga beraman", dedi. Ishonchim komil edi, lekin boshqa o'yinchilar ham uning oldiga kelib, so'rashayotganini ko'rib, juda xavotirda edim. Keyin yana qayta so'radim va unga ishonishimni aytdim. U xavotir olmasligimni ta'kidladi. 

Keyin Ronaldu vadasini bajardi.

U echinish xonasi yonida men bilan uchrashdi va hatto libosiga imzo chekib berdi. Bu men uchun o'ziga xos kun edi. To'g'risini aytsam, o'yindan keyin ertasiga ertalab ham uxlay olmadim", – dedi u.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte