Saka Angliyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi

Omonjon To`xtamirzayev
30 avg 2023, 10:58
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka Angliya Premer-Ligasi professional futbolchilar assotsiatsiya talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi.

21 yoshli futbolchi qatorasiga to'rtinchi yil ushbu nomga loyiq ko'rilmoqda. Saka jamoadoshi Gabriel Martinelli, "Aston Villa"dan Jeykob Remzi hamda "Brayton"dan Moyses Kaysedo ("Chelsi"ga o'tdi) va Evan Fergyusonni ortda qoldirdi.

O'tgan mavsum Saka "kanonirlar" bilan APLda 2-o'rinni band etdi. Mavsumning 38 uchrashuvida u 14 ta gol urdi va 11 ta assist etkazib berdi. Shuningdek, Bukayo Angliya termasi safida JCH-2022da 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: thepfa.com