Saytimiz o'quvchilari Rashidovni OK-2015ning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2015, 12:16
Saytimizda "Osiyo Kubogida O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi?" nomli so'rovnoma e'lon qilgandik.
Unga jami 859ta ovoz kelib tushdi. Shundan 458tasi Sardor Rashidovni eng yaxshi deb topishdi.

205ta ovoz olgan Ignatiy Nesterov so'rovnomada ikkinchi bo'ldi. Himoyachi Vitaliy Denisov 100ta ovoz bilan uchinchi o'rinni egalladi.

Quyida so'rovnomaning yakuniy holati bilan tanishing:

Osiyo Kubogida O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi?
Ignatiy Nesterov - 205
Anzur Ismoilov - 15
Vitaliy Denisov - 100
Sardor Rashidov - 458
Shavkat Mullajonov - 41
Boshqa futbolchi - 40

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia