Safet Sushich: "Balki bo'lajak jahon chempionlariga qarshi o'ynagan bo'lishimiz mumkin"

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2014, 07:38
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi ustozi Safet Sushich o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Realist bo'lish zarur - biz bugun judayam kuchli terma jamoaga qarshi o'ynadik. Balki, bo'lajal jahon chempionlariga qarshi o'ynagandirmiz. Ushbu o'yinda raqibga munosib qarshilik ko'rsatish uchun arakter ko'rsatishimiz talab etilardi. Rejalashtirgan ishlarimizni amalga oshira oldik deb o'ylayman.

Futbolchilarim yulduzlar oldida hech qanday bosimni his qilmadilar.
Oldimizda 4 yoki 6 ochko qo'lga kiritishimiz mumkin bo'lgan ikkita o'yin turibdi", - deydi Sushich.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru