Sado Mane: Ederson uchun duo qilayapman

Narzulla Saydullayev
10 sen 2017, 09:29
APL 4-turida Liverpul yarim himoyachisi Sado Mane Manchester Siti posboni Ederson Moraesning yuziga tepib yuborgandi.

Umid qilamanki, Ederson tez orda tuzalib ketadi, unga sog'lik tilaman.

Maydonda u bilan to'qnashib ketganimizdan keyin jarohat olganidan afsusdaman. U o'yinni yakunlay olmaganidan xafaman.

Ederson tezroq tuzalishi uchun duo qilayapman, – deb yozadi Mane feysbukdagi o'z sahifasida.

Braziliyalik futbolchi Liverpul bilan o'yinda (5:0) jarohat oldi. Mane to'p uchun kurashda posbonning yuziga butsasi bilan zarba berib yubordi va Ederson shifokorlar yordamida maydonni tark etdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: facebook.com/SadioMane19