Sadio Mane: "To'rt xil poziciyada o'ynay olaman"

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane jamoasiga foyda keltirishi uchun kerakli poziciyalarda o'ynashga tayyorligini aytdi.

"Men to'rt xil poziciyada o'ynaydigan hujumchilar toifasidanman. Chap va o'ng qanot vingeri, markaziy hujum hamda hujumchi ortida o'ynay olaman.

Faoliyatimning katta qismini chap qanot vingeri sifatida o'tkazdim. Ammo doimo murabbiylarning nazoratida bo'lganman va ular istagan poziciyada o'ynashga harakat qilaman", - dedi Mane.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal