Sadio Mane "Al Nassr"ga o'tishiga sabab bo'lgan omil haqida gapirdi
Aziz Tukhtamuradov
11 avg 2023, 09:53
"Al Nassr" futbolchisi Sadio Mane nima uchun Saudiya Arabistonida faoliyatini davom ettirishga qaror qilgani haqida gapirdi.
"Bunga rozilik berish oldidan oilam bilan maslahatlashdim. Biz uchun Saudiya Arabistoni - musulmon mamlakat bo'lgani muhim ahamiyatga ega edi. Shuning uchun bu tanlov osonlik bilan amalga oshdi", - dedi Mane.